KFC o'zining yangi sousli Nugget'larini taqdim etdi. Taqdimotda KFC yangi mahsuloti sousli bo'lganligi sababli, o'zining mashhur "Barmoqlaringni yalab qo'y" shioridian va AI(sun'iy intellekt)ning kamchiliklaridan foydalandi.
AI barmoqlarni 5 tadan ko'paytirib ko'rsatgan xatosidan foydalanib "Qancha ko'p barmoqlaring bo'lsa, shuncha ko'p barmoqlarni yalay olasan" kampaniyasini namoyish qildi.
KFC insonlarni Meta’ning yangi sunʼiy intellekt funksiyasi yordamida besh barmoqdan ko'proq barmoqlar KFC'ning Nugget'larini ushlab turgan rasmini yaratishga undadi.
Ushbu g'oya yordamida KFC o'zining yangi Saucy Nuggets mahsulotini targ'ib qildi. Shu bilan birga hozirgi kunda bo'lgan ishlab chiqaruvchilar orasida ommalashgan sun'iy intellektga "tosh otish" trendini davom ettirdi.
Ishtirok etuvchilarini mukofotlash maqsadida foydalanuvchilarga kuponlar beriladi.