Barcha xabarlar

O‘zbekistonning yanvar oyidagi TOP-20 yirik soliq to‘lovchilari e’lon qilindi. Ro‘yxatda Korzinka ham bor

2024-yil yanvar oyida mamlakat bo‘ylab jami 2 186 ta yirik soliq to‘lovchi qayd etildi, deya xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasining “Fiskal tahlillar” Telegram kanali.

Ushbu davrda yirik soliq to‘lovchilar tomonidan jami 9 trillion so‘mga yaqin soliq tushumlari amalga oshirilgan.

Ushbu ro‘yxat ikki guruh — davlat ulushiga ega yirik soliq to‘lovchilar va xususiy sektordagi yirik soliq to‘lovchilarga ajratilgan. E’tiborli jihati, ushbu ro‘yxatdan Korzinka ham joy oldi.

Davlat ulushiga ega yirik soliq to‘lovchilar

Ushbu guruhda soliq tushumlarining asosiy qismini, ya'ni 4,6 trillion so‘mni davlat ulushi mavjud bo‘lgan TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi tashkil etadi. "Navoiy kon metallurgiya kombinati" AJ yirik soliq to‘lovchilar orasida yetakchilik qilmoqda. Ushbu korxona tomonidan 2,4 trillion so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu umumiy soliq tushumlarining deyarli 1/3 qismini tashkil etadi.

Xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar

TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar ichida xususiy sektor vakillaridan tushgan soliq tushumlari jami 716 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu guruhda “UZ BAT” AJ QK eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, 231 milliard so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan. Undan keyingi o‘rinlarni “Enter Engineering” (130 mlrd) va “Kapitalbank” (80 mlrd) band etgan.

E’tiborli jihati shundaki, o‘nlikni “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i yakunlab bergan. Kompaniya 2024-yilning yanvar oyida 22 milliard so‘m soliq to‘lagan.

To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi suratda tanishishingiz mumkin.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-02-22 14:56 O'zimizda