Tesla kompaniyasi o'z tarixida birinchi reklama rolikini chiqardi. Bundan bir hafta oldin, Ilon Mask yillik aksionerlar yig'ilishida Tesla marketing va reklamani birinchi bor boshlashi haqida e'lon qilgan edi.
Mana kuni kecha kompaniyaning Singapurdagi sahifasi birinchi reklama rolikni Twitterga joyladi. Unda Singapurlik ofis xodimi o'zining hissiyotlari, Tesla Model 3 mashinasi bilan tajribasi, uni nega xarid qilgani va kelajakdagi qarashlari bilan bo'lishadi.
Felisia ismli moliya kompaniyasi xodimasi o'z tajribasini so'zlar ekan, kadrda uning oilasi, mashinaning qulay taraflari va Singapurning chiroyli manzaralari ko'rsatiladi. Rolik naqd ikki daqiqa davom etadi.
"Sifatli mahsulot reklamaga muhtoj emas" afsonasini tashib yuruvchilarda birgina Tesla misoli illyuziyasi bor edi, endi u ham barbod bo'ldi.
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi