Qaysi til bo'lishidan qat'iy nazar mahalliy til hurmat qilinishi kerak. Chunki, til shunchaki muloqot vositasi emas. Tilda — millat, tarix, qadriyatlar bor. Shuning uchun ham, chet el brendlari xalqaro bozorlarga kirib borarkan o'sha davlatning tilini hurmat qilishi va asosiy muloqot mahalliy tilda olib borilishi lozim. Xizmat ko'rsatish ham o'zbek tilida bo'lishi kerak.
O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishlari – bu sizning haqqingiz. Uni talab qilishdan uyalish kerakmas. Qaysidir agentlik o‘zbek tilida yozmasa, yozolmasa, bozorda o‘zbek tilini zo‘r biladigan yoshlar yetarlicha. Bu sizni kimdir majburlashi emas, salgina fahm-farosatni yoqib, mahalliy aholiga, o‘zbek tiliga hurmat ko‘rsatish kerak degani.
— Mirzo Zominiy haq. Ona tilimizni avvalambor o'zimiz hurmat qilishimiz va shu tilda xizmat ko'rsatishlarini talab qilishimiz lozim.
O'z tilimizni o'zimiz hurmat qilishimizni ko'rsata olsakkina, uni boshqalar hurmat qiladi. Bunga e'tiborsiz qarasak, tilimiz ham e'tibordan chetda qolishda davom etadi. Natijada nafaqat o'zbek tilini, va shu bilan birga o'zligimiz, tariximiz va qadriyatlarimizni ham yo'qotamiz.