Bir necha soatlar oldin Meta kompaniyasi Threads nomli yangi mahsulotini ommaga taqdim qilganidan xabar topgan bo'lsangiz kerak. Twitterning analogi sifatida bozorga kirib kelgan ushbu ilova AppStore'da yuklanishlar bo'yicha juda tez yuqorilab borayabdi.
Mahalliy bizneslar ham navbatma-navbat Threads sahifalarini faollashtirmoqda. Hozircha PR.uz, repost.uz va Bon cafe sahifalarini payqadik. Shaxsiy xabarlar (DM) funksiyasi yo'q ekan, narxni shaxsiydan yozadigan do'konlar bo'lmaydi, uraaa
Aviasales SMMchilari doimgidek o'z hazillari bilan bu tarmoqqa ham kirib kelishdi. Biosiga e'tibor bersangiz kayfiyatingiz ko'tarilishi aniq (hint: clubhouse hayp bo'lib juda tez passivlashib qolgani sarkazm qilingan)
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi