Barcha xabarlar

Zamonaviy Apple do‘konlari va Sovet davri binolarining o‘xshash ekanligini bilasizmi?

Zamonaviy Apple do‘konlari va Sovet davri binolarining o‘xshash ekanligini bilasizmi?

Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan Apple do‘konlari aslida Moskva va Sochi shaharlaridagi 1960 va 1970-yillardagi Sovet davri jamoat binolaridan ilhomlanib yaratilgan. Bu qiziqarli o‘xshashliklarni birga o‘rganamiz.

Masalan, Bangkokdagi Apple do‘koni va Sochi shahridagi chipta kassasining panoramali derazalarga ega konusli tayanchlari bir-biriga juda o‘xshaydi. Aventura Miami Apple do‘koni va Sochi avtobus terminalining to‘lqin shaklidagi tomlari va shisha fasadlari ham diqqatga sazovor.

Sochi shahridagi “Dumaloq chipta kassalari” 1960-yillarda qurilgan va 2012-yilda buzib tashlangan bo‘lsa, Sochi avtobus terminali 1966-yilda arxitektor Vyacheslav Morozov tomonidan loyihalashtirilgan. Apple Park va Moskva shahridagi GSK “Zapad” esa doira shaklidagi formasi bilan hamohang.

Kaliforniyadagi Apple do‘koni va Sochi shahridagi “Lakmka” kafesi esa 1960-yillarning modernist arxitektura uslubiga xos bo‘lgan shisha fasadlar va tekis tomlarga ega.
2024-09-04 11:07 Tavsiya Marketing