“Click” to‘lov xizmati MChJdan aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) aylantirildi, deya xabar bermoqda "Spot".
"Click"ni qayta tashkil etishda "Kap Depo" investitsiya kompaniyasi ishtirok etgan. Bunda kompaniyaning ustav kapitali bugungi kunda talab qilinadigan minimal miqdor – 10 mlrd so‘mgacha oshirilgan.
"Click"ni qayta tashkil etishda "Kap Depo" investitsiya kompaniyasi ishtirok etgan. Bunda kompaniyaning ustav kapitali bugungi kunda talab qilinadigan minimal miqdor – 10 mlrd so‘mgacha oshirilgan.
“Click o‘zining shaxsiy strategiyasiga muvofiq harakat qilmoqda. Joriy yilda kompaniyani qayta tashkil etishni ham hisobga olgan holda ko‘plab reja va loyihalarimiz bor”, — dedi “Click” AJ bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.
Ma'lumot uchun, prezidentning 2023-yil 30-noyabrdagi qarorida O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab barcha to‘lov tashkilotlari va xizmatlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi kerakligi belgilangan. Eng kam ustav kapitali uchun talab 10 mlrd so'm etib belgilangan.
Bundan avvalroq "Oson" to'lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgandi. Bundan tashqari, "Humo" tizimi ham allaqachon tashkiliy shaklini o'zgartirgan .
Bundan avvalroq "Oson" to'lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgandi. Bundan tashqari, "Humo" tizimi ham allaqachon tashkiliy shaklini o'zgartirgan .