Barcha xabarlar

Samsung Apple'ning uzrini qabul qilmagan ko'rinadi

Bir necha kun oldin Apple yangi iPad Pro'sini tanishtirish uchun reklama kampaniyasini namoyish etgandi va bu ko'plab ijodkorlar nafratiga sababchi bo'lgandi.

Chunki, rolikda musiqachilar, rassomlar va shu kabi ijodkorlarning instrumentlari gidravlik press bilan ezib tashlangandi. Apple'ning maqsadi yangi iPadPro plansheti barcha instrumentlarning o'rnini bosa oladi degan xabarni yetkazish edi.
Lekin, Apple ushbu reklama roligini chiqarishdan oldin masalaning barcha tomonini hisobga olmaganligi sababli uzr so'rashiga to'g'ri kelgandi.

Samsung esa vaziyatdan ayyorlik bilan foydalanib, tezda javob roligini taqdim etdi. Rolikda Samsung qanday qilib AI(sun'iy intellekt) bilan integratsiya qilingan Galaxy Tab S9 ijodkorlarga ishini yanada yaxshiroq qilishlariga yordam bera olishini ko'rsatib berdi.

Eng qizig'i, bu ma'no aynan Apple ezib tashlagan gitara yordamida yetkazildi.

Video oxirida esa shior chiqadi - "Ijodkorlikni sindirib bo'lmaydi."

Juda puxta o'ylangan javob.

Marketing Chet elda Reklama