Barcha xabarlar

Jahongir Ortiqxo'jayev Milliard Klubida ulushga ega bo'ldi

O’zbekistondagi katta biznes klublardan biri “Milliard”da yangi o’zgarishlar roy berdi. Jahongir Ortiqxo'jayev klub egalaridan biriga aylandi. "Milliard" klubi rasmiy sahifalarida bayon berishicha, endilikda Jahongir Ortiqxo'jayev “Milliard” biznes klubi egalaridan biriga aylandi.

Jahongir Ortiqxo'jayev ismini eshitganda Akfa, Artel va Toshkent hokimligini eslashingiz mumkin. Ammo tadbirkor, J-United Gruop - Respublikadagi eng katta kompaniyalardan birining asochisi hisoblanadi. Kompaniya portfoliosida faqat Artel va Akfa emas, yana quyidagi brendlar kiradi:

Imzo, Oqtepa — sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon.

Ortiqxo'jayevning klubdagi ulushi klub asoschisi, Alisher Isayev ulushi bilan teng bo'ladi. Kelishuv qanday shartlar asosida amalga oshirilgani ochiqlanmagan.

Nima bo'lganda ham, qiziq keys. Bunday hodislar kuzatishga loyiq.
2024-01-13 21:34 Biznes O'zimizda