Wendy’s restoranlarida buyurtmani S.I qabul qiladi
Wendy’s restoranlar tarmog’i buyurtmalarni sun’iy intellekt orqali qabul qilishni boshlaydi.
Xizmat iyun oyidan AQSHning Ogayo shtatida va “drive-trough” (mashina bilan kirish) yo’lakchasida ishlashni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, McDonald’s ushbu funksiyani sinovdan o’tkazishni allaqachon boshlagan, lekin hozircha S.I insonlarning fast-food shevasini tushunmaydi. Masalan, tashrif buyuruvchilar Coca-Cola o’rniga Kola, Chizburger o’rniga Chiz deb gapirsa, S.I umuman boshqa narsalarni savatga qo’shadi.
Wendy’s bu xatoliklarning oldini olganini aytadi. “Siz umuman bot bilan suhbatlashayotganingizni sezmaysiz” - deydi kompaniya bosh direktori, Todd Penegor.
Wendy’s 2021-yildan beri Google bilan machine learning, bulutlar va data analitikasi yo’nalishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. Loyihaning tafsilotlari ochiqlanmagan.