Business Insider nashrining insaydlarga asoslanib xabar berishicha (https://www.businessinsider.com/google-is-laying-off-hundreds-of-employees-in-its-advertising-team-2024-1), Google kompaniyasi reklama sotuvi bo‘limidagi yuzlab xodimlarni ishdan bo‘shatgan.
Google biznes direktori Filip Shindlerga ko‘ra, bu ommaviy ishdan bo‘shatishlar resurslarni optimallashtirish uchun qo‘llanilayotgan chora hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, buyurtmachilarda Google’ning barcha mahsulotiga ham talab yo‘q, shu sababdan katta sotuvchi shtatni ishlatishning keragi yo‘q.
Qiziq tarafi shundaki, ushbu “optimallashtirish”da Performance Max sun’iy intellektining ham o‘rni bor. U reklama beruvchilarning turli mahsulotlarlarga ishlatayotgan pullarini tahlil qilib beradi.
Avvalroq Google mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatgani haqida xabarlar chiqqandi. Google va boshqa yirik kompaniyalarda “qisqartirish”lar davom etmoqda.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi