“Wildberries”ning Oʻzbekistondagi direktori Sardor Qodirov kompaniya yaqin kelajakda mamlakat aholisi uchun bank xizmatlarini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
“Biz birgina davlatimiz (Rossiya) bilan cheklanib qolmaganmiz. Yaratayotgan barcha loyihalarimiz transmilliy bo‘lishini va har bir mamlakatga yetib borishini istardik. Bizda u yoki bu davlat tadbirkorlarini yoki xaridorlarini qandaydir tarzda cheklash maqsadimiz yo‘q”, — dedi kompaniya asoschisi va bosh direktori Tatyana Bakalchuk.
11-aprel kuni Wildberries Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun “WB Travel” xizmati ishga tushirilishini e’lon qilgan edi.