Barcha xabarlar

Marketing mutaxassislarining kasbga oid og‘riqlari va quvonchlari

Sizningcha, marketing sohasidagi xodimlar ko‘proq nimadan charchashadi?

Adindex — Digital Brand Day konferensiyasi doirasida 500 nafar marketing mutaxassisi bilan so‘rov o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, ular eng ko‘p doimiy kelishuvlar va tuzatishlardan (40%), ko‘p vazifalilikdan (33%) va uchrashuvlar sonining ko‘pligidan (30%) charchashadi.

Ofisga borish yoki raqobatdan charchash darajasi esa ancha past — atigi 10%.

Ijobiy taraflar
So‘ralganlarning 63% ish davomida yangi bilim olish imkoniyatidan mamnun. 60% jamoaning qo‘llab-quvvatlashi yoqimli, 43% esa qulay ish jadvalini qadrlaydi.

Qizig‘i shundaki, mukofot va bonuslar ko‘pchilikka katta ahamiyat bermagan — ularni faqat 38% respondent qayd etgan. Rahbarlar esa xodimlarga qaraganda kamroq ta’tilga chiqishadi: 71% yiliga faqat bir marta dam olishadi.

Tavsiya Marketing