Barcha xabarlar

Oson Humo va UzCard tizimlaridan uzilib qoldi, Payme'da esa kartadan-kartaga o’tkazmalar vaqtincha ishlamadi

Hozircha Osonning 2 mlndan ziyod foydalanuvchilari Humo va Uzcarddan pul o’tkazmalarini amalga oshira olmaydi

Oson o’z saytida xabar berishicha, texnik nosozlik hamkorlar(Humo va UzCard) tomonida kuzatilmoqda. Oson TOP menedjerlari spot.uz’ga bergan ma’lumotlariga ko’ra, kompaniya dasturchilari uzilish sababini izlashmoqda, yuristlari esa ikkala to’lov tizimi va Markaziy bankka so’rovlar yuborishgan.

Kompaniya foydalanuvchilardan noqulaylik uchun uzr so’rab, tez orada muammo hal qilinishini qayd etdi.

6-avgust kuni kechqurun Payme ham “rejadan tashqari texnik ishlar” tufayli har ikki tizim kartalari orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

*7-avgust 11:20 da PayMeda o’tkazmalar odatdagidek ishlay boshladi

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
2023-08-07 18:23 O'zimizda