Barcha xabarlar

Prada’ning 2024-yil kuz-qish mavsumi erkaklar kiyimlari kolleksiyasi uchun o‘ziga xos podium tayyorlandi

Prada 2024-yil kuz-qish mavsumi erkaklar kiyimlari shousi uchun AMO me’morchilik studiyasi tomonidan zamonaviy hayotning ikkita qarama-qarshi elementi: ofis interyeri va tabiiy landshaftni o‘zida aks ettiruvchi maxsus podium yaratildi.

Milandagi Prada fondining Deposito zalida LED chiroqlarining nuri bilan yoritilgan ofis stullari qatorlari kuzgi barglar, maysazor va irmoqlar bo‘lgan tabiiy landshaft ustidagi shaffof polda joylashtirilgan.

Dizayn tabiiy instinktlar va zamonaviy hayotning qarama-qarshiligini yaqqol ko'rsatadi.Ushbu kolleksiya tabiat

va fasllar almashinuvi insonning ichki hissiyotlariga ta’siri hamda uning kiyimlarda aks etishini namoyon qilishga qaratilgan.

Shuningdek, tashkilotchilar insoniyat hozirda o‘zining eng sintetik muhitida yashab, ishlayotganligini ta’kidlashdi. Bu liboslar, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, atrof-muhit va o‘zgaruvchan fasllar bilan aloqani aks ettiradi. Ular diqqatni ochiq havoga qaratishni, tashqariga chiqish va dunyoga chinakamiga sho‘ng‘ish istagini uyg‘otadi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda