2010-yilda AQSHning eng yirik telekommunikatsion operatorlaridan biri bo'lgan AT&T kompaniyasi o'zining "U kutib turadi" reklama kampaniyasini ishlab chiqdi va shunga mos rolik ham suratga oldi.
Rolikning asosiy maqsadi mashina haydash vaqtida mobil qurilmalardan foydalanishning zararlari qanchalik jiddiy bo'lishi va bu narsa kundalik hayotimizda kutilmaganda va o'zimiz anglamagan holda sodir bo'lishi mumkinligini ochib berish edi. Va buni a'lo darajada uddalashdi.
Nima ham deymiz? Aloqa operatori o'z mijozlarini aloqa qilmaslikka chaqirmoqda.
Yana qanday mashina haydash vaqtidagi yomon odatlarni bilasiz?