Barcha xabarlar

Samsung Olimpiada ochilishida delegatsiyalar yaqinidan S24 Ultra orqali translyatsiya amalga oshiradi

Parijdagi Olimpiadaning ochilish marosimi tarixda ilk bor stadiondan tashqarida o‘tkaziladi.
Sportchilar qayiqlarda Sena daryosi bo'ylab sayr qilishadi: har bir ishtirokchi davlat alohida bort ajratilgan. Samsung ushbu marosimni yangi darajadagi shouga aylantirmoqchi.

Gap shundaki, kompaniya "Muxlislarni aksiyaga yaqinlashtirish va ularga sportchilarning reaksiyalarini ko'rish imkoniyatini berish" uchun 85 ta qayiqqa "bort kameralari" sifatida 200 dan ortiq Galaxy S24 Ultra smartfonlarini o'rnatadi. Butun tadbir jonli efirda namoyish etiladi.

Bu tomoshabinlar uchun noyob tajriba bo‘ladi. Samsung ham o'z mahsulotining sifati va texnik imkoniyatlarini namoyish etadi.

Telefon suvga tushib ketsa translyatsiya davom etadimi yoki yo'q, hali noma'lum.

2024-07-19 17:36 Tavsiya Marketing Chet elda