Barcha xabarlar

Kuchli shaxsiy brend — rejalashtirilganmi yoki tasodif?

Elon Musk — bir tomondan yer sayyorasini yaxshilashga urinayotgan, ikkinchi tomonda undan "qochib ketish" uchun Marsga kosmik kemalar uchirayotgan ko‘p qirrali va noodatiy shaxs.

Tesla. SpaceX. Neuralink. X(Twitter). The Boring Company. — $252 milliard dollarlik imperiya. Mashhurlik. Kuchli ta'sir doirasi. Elon buni qanday uddalayapti?

Uning innovatorligi, tadbirkorligi va liderligi, ya'ni noodatiy va katta g'oyalarni amalga oshira olishi — tanganing bir tomoni.

Tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Hozir shu haqida gaplashamiz.

Garchi uning innovatsion sohaga ta’sir ko‘rsatishi 2000-yillarda boshlangan bo‘lsa-da, Elon 2010-yillarning boshiga kelib jamoatchilik e’tiborini torta boshladi.

Hammasi 2009-yilda Elonning Twitter akkaunt ochishi bilan boshlandi.

O‘z bizneslarini himoya qilish uchun sirlilikni afzal ko‘radigan milliarderlardan farqli o‘laroq, Musk — kutilmagan, g‘ayrioddiy va munozarali fikrlari bildira oladigan noodatiy biznesmen sifatida tanila boshladi.

U strategik muloqot uslubi va storytelling(hikoya qilish) mahorati orqali jamoatchilik bilan samarali aloqa o‘rnata oldi. Aql bovar qilmas g'oyalari va rejalari bilan bo'lishish orqali u o‘z kompaniyalari hamda loyihalari atrofida katta qiziqish uyg‘otdi.

Quruq g'oya bilan to'xtab qolmasdan, ularni tinimsiz reallikka aylantirishga urinishi bilan Elon ko'zga tashlandi. Yangi mahsulot chiqarsa xayp qila olish qobiliyati shaxsiy brendga ham ishlayapti.

Elonning hazilkashligi va memlar bilan ishlay olish qobiliyati auditoriyani zeriktirib qo'ymaslikka yordam bermoqda.

Elon insonlarga ta'sir o'tkazishda tashqi ko'rinishning muhimligini ham bilardi. Buni rasmdan anglab olish qiyin emas. Uning o'ziga xos xarizmasi esa insonlarda unga bo'lgan ishonchni orttirdi.

Natijada — kuchli shaxsiy brend shakllana boshladi.

2022-yil, Oktyabrda Elon Twitter(X)ni 44 milliard dollarga sotib oldi. Uning ta'kidlashicha, Twitterni sotib olishdan maqsadi platformada so'z erkinligini ta'minlash. U endi — so'z erkinligi va haqiqat qo'riqchisi ham. Shu tariqa Elonning fikrlari siyosatga ham ta'sir o'tkaza boshladi.

Hozirda uni X(Twitter)da 195 mln obunachi kuzatadi.

Shaxsiy brend kuchaygandan kuchaymoqda.

Sizningcha hammasi rejalashtirilganmi yoki tasodif?
Marketing Tavsiya Chet elda