Barcha xabarlar

Starbucks boykot sabab 2 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatmoqda — Reuters

Alshaya Group — Yaqin Sharqda Starbucks’ni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan Gulf savdo giganti, G‘azo urushi bilan bog‘liq iste’molchilar boykotlaridan zarar ko’rgani sababli 2,000 dan ortiq odamni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligiga manbalarga tayanib.

Ishdan bo‘shatish yakshanba kuni boshlangan bo‘lib, deyarli 50,000 kishilik Alshaya’ning umumiy ishchi kuchining taxminan 4 foizini tashkil etadi. Bu keskin kamayishlar asosan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi Starbucks filiallarida ko‘rilmoqda.

Brend Isroilning G‘azo sektoriga harbiy hujumiga qarshi o‘tkazilgan xalqaro boykot kampaniyasidan zarar ko’rdi. Oktabr oyida Starbucks o‘zini siyosiy tashkilot emas deb e’lon qildi va Isroil hukumati yoki armiyasiga yordam ko‘rsatgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-03-07 11:47 Chet elda