Barcha xabarlar

Toshkentda kanatli jamoat transportini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan.

Uning loyihasi jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd.” loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, oʻz navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.

Hozircha bu loyiha uchun qancha mablag‘ ajratish rejalashtirilayotgani va haqida ma’lumot berilmagan.

Suratda kompaniya mutaxassislari tomonidan shahar rivoji, aeroport va Expomarkazining ishga tushirilishi, shuningdek, bo‘lajak xalqaro tadbirlarni hisobga olgan holda transport holatini o‘rganish asosida taklif etilgan loyihalar namunalari ko‘rsatilgan.

Shahar hokimligining keltirishicha, “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd.” Xitoy va Shveytsariyaning “Bartholet Maschinenbau AG” kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-01-25 17:50 O'zimizda