Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan, Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisi Telegram messenjeri orqali notkoin yig‘ib, uni noqonuniy (800 ming soʻmga) sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, yigitga tegishli Galaxy A30 telefoni va bank plastik kartasi tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilandi.
Ushbu xabarni X tarmogʻidagi kriptoyangiliklar ulashib boruvchi “Web3_Vibes” sahifasi ulashdi. Uning ostida esa Notcoin’ning rasmiy sahifasi yigitga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
“Uni qanday topsa boʻladi? Yangi iPhone yuborishga tayyormiz”, deb yozadi Notcoin.
Koʻrinishidan, 24 yoshli yigitni qamoqdan chiqqanidan soʻng yangi sarguzashtlar kutib turibdi.