Yaxshi do‘st ko‘zgu kabidir. Yaxshi kreativ ham
Tan olamizmi yoki yo‘q, ayollar nozik xilqat hisoblanadi. Ular har qanday zamon va har qanday jamiyatda hurmat qilinishi, ardoqlanishi shart.
Ammo besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, ayrim "erkaklar" ularga zo‘ravonlik qilishdan o‘zini tiyib tura olmaydi. Bundaylarni butun dunyo bo‘ylab uchratish mumkin. Shu toifa insonlar qo‘shnimiz Qozog‘istonda ham so‘nggi yillarda juda ko‘payib ketdi. Rafiqasini do‘pposlab o‘ldirib qo‘ygan qozoq amaldori ham bu masala mamlakatda qanchalik jiddiy tus olganini tushunishimiz uchun kifoya qiladi.
Muammo kattalashib ketavergach, bundan ko‘pchilik havotirga tusha boshladi. Ulardan "Ruh Fighting" jamoasi ijtimoiy faollik ko‘rsatdi va Qozog‘istonning "GForce" agentligi bilan birgalikda ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun kreativ ishlab chiqishga qaror qilishdi.
Masala shunda ediki, qozoq erkaklarining ko‘pchiligi bu muammoni e’tibordan chetda qoldirgandi. Maqsad ushbu mavzuga maksimal darajada ko‘p insonlarning e’tiborini jalb qilish va unga batamom barham berish edi.
Bu uchun aholining katta qismi qiziqib tomosha qiladigan sport turi — MMAga murojaat qilishdi va Qozog‘iston tarixida ilk marta to‘rt nafar erkak va to‘rt nafar ayol MMAchilar o‘rtasida professional jang tashkil qilinishini e’lon qilishdi!
Bu shunchaki dahshatli holat. Shunday emasmi?
Hammasi shundan keyin boshlandi. Yuz minglab erkaklar bu jang tashkil qilinmasligi kerakligini talab qilib chiqishdi. Jang e’loni joylashtirilgan platformalarning izohlar qismida bu jang insoniylikka mutlaqo zid ekanini aytib, qozoq erkaklari ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.
Ammo jang bekor qilinmadi va..
Belgilangan kun kelganda millionlab insonlar monitor qarshisida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ilk MMA jangi boshlanishini yuragi hapqirib kutib turardi.
Ayni shu lahzada loyiha tashkilotchilari katta sahnaga chiqdi. Jangdan translyatsiya o‘rniga esa GForce ishlab chiqqan kreativ g‘oya ishga solindi — jonli efirda yig‘ilgan auditoriyaga qozoq oilalaridagi ayollarga nisbatan bo‘ladigan zo‘ravonlik sahnalari: qo‘l ko‘tarish, do‘pposlash va boshqa turli kuch ishlatish holatlarining yozib olingan lavhalari qo‘yib berildi.
Bu bilan go‘yoki erkak va ayol bir oktagonda jang qilishini fitrati normal qabul qilolmagan qozoq millati vakillariga, sarlavhada ta‘kidlanganidek, yana bir bor ko‘zgu tutildi.
Nega milliy sport turida erkak kishidan kaltak yeyishi mumkin bo‘lmagan ayollar kundalik turmushda o‘z oila a’zolari tomonidan mutassil zo‘ravonlikka uchrashi va bunga chidashi kerak?
Albatta bu narsa insoniylikka va barcha odob-axloq normalariga ziddir.
Amalga oshirilgan kreativ esa bu narsani qozoq xalqiga ular tushunadigan tilda yetkazib berdi.
Bu kabi zo‘ravonlikka qarshi kampaniyalar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilingan. Ammo bu haqida sal keyinroq.
Videokeys bilan havola orqali tanishing: jolbors.com/works/view/2055