Barcha xabarlar

Qozog'istonning Kaspi kompaniyasi NASDAQ birjasida IPO o'tkazib, $1 mlrd jalb qildi

Qozog'iston va butun O'rta Osiyoning eng yirik fintex kompaniyasi - Kaspi.kz Amerikaning birja fondi NASDAQ'da o'z aksiyalarini ommaviy sotuvga joylashtirdi. Kompaniyaning o'zi haqida maqola oxirida o'qishingiz mumkin.

Kaspi.kz $17,5 mlrd summaga baholanib, savdo yakuniga ko'ra, kompaniya $1 mlrd jalb qildi. Yangilikni Gazeta.uz kompaniyaning rasmiy xabariga asoslanib chop etdi.

Avvaliga 9 mln aksiya sotilishi rejalashtirilgan bo'lganiga qaramay, aksionerlar 11,3 mln aksiyalarini, $92 qiymatdan sotishdi. Bu Kaspining birinchi yirik savdosi emas. 2020-yilda London birjasida ham ayni summa - $1 mlrd jalb qilingan edi.

Gazeta nashri solishtiruviga ko'ra, O'zbekistonning 2023 yil yakuniga ga ko'ra 31 ta banklarining jami qiymati $7,8 mlrd dollarni tashkil etadi. Qozog'istonning birgina Kaspi'si esa bugun $17,5 mlrd turadi.

Kaspi.kz - Qozog'istondagi yirik fintex kompaniya. Birgina ilovaning ichida onlayn to'lovlar, P2P o'tkazmalar, marketpleys va yetkazib berish, bepul e'lonlar joylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish va hatto FHDY'dan o'tish xizmatlari mavjud. Kaspi.kz tarkibiga Kaspi Bank, Kaspi Magazin, Kaspi Travel, Kaspi Pay, Kaspi Ofis kabi brendlar kiradi.

Kaspi 2020-yilda Yevropa va Yevrosiyoning uchinchi eng tez o'sayotgan kompaniyasi deb topilgan. Shu yilda ilovadan foydalanuvchilar soni o'sishi bo'yicha WeChat va WhatsAapp'dan keyin dunyoda uchinchi o'rinni egallagan. Kaspi keysini Garvardda ham o'rganishadi.
Biznes Chet elda