KIA va BYD uchlikda: O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar statistikasi
“O’zavtosanoat” kompaniyasi Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2024-yil yanvar-may oylari bo‘yicha statistik ma’lumotlari bilan bo'lishdi
O'tgan 5 oy davomida jami 162 608 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Shundan eng ko'pi, "UzAuto Motors" mashinalari – 144 822 dona. Ikkinchi o'rinda "ADM Jizzakh" (KIA) zavodi bo'lib, u yerda 5 oyda 11 663 ta avtomobil ishlab chiqarilgan. Kuchli uchlikni 5654 ta avtoulov bilan "BYD Uzbekistan Factory" yakunlagan.
Shuningdek, "Jizzakh Auto" 200 ta, "SamAuto" 137 dona va "Asaka Motors" 132 dona avtomobil ishlab chiqargan.
“O’zavtosanoat” ushbu davrda ishlab chiqarilgan jami avtomobillarni modellar kesimida ham taqdim etdi. Unga ko'ra, O'zbekistonda yanvar-may oylarida eng ko'p "Cobalt" avtomobili ishlab chiqarilgan – 57 542 dona. Dastlabki beshta model "UzAuto Motors"ga tegishli, 6-o'ringa kelibgina BYD Song Champion qayd etilgan (2548 ta). Undan keyingi o'rinlar bilan quyidagi suratda batafsil tanishishingiz mumkin.