Barcha xabarlar

O‘zbekistonda Wolt yetkazib berish xizmati ish boshlashi mumkin

“Пятницкий маркетинг” kanali muallifi Korzinka Go’ning yangi mediakitidagi Wolt yetkazib berish xizmatiga e’tibor qaratdi. Unda Korzinka Go’ning 2024-yilgi rejalari qatorida Wolt yetkazib berish xizmati bilan hamkorlik boshlash keltirilgan.

Shuningdek, kompaniya saytida wolt.com/ru/uzb manzili ham paydo bo‘ldi. U yerda umumiy ma’lumotlar keltirilgan, xolos. Qachondan rasman ish boshlash haqida gap yo‘q. Saytda O‘zbekiston raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin, prefikslar berilgan, ammo yakunda kod kelmayapti.

Wolt — dunyodagi eng yirik ovqat va mahsulotlar yetkazib berish xizmatlaridan biri. U hozirda dunyoning 25 ta davlatidagi 300 dan ortiq shaharda faoliyat olib boradi. Uning 70 ming merchant hamkorlari, 150 ming yetkazib beruvchisi, 20 million foydalanuvchisi bor.

Wolt dasltab Finlandiyada ochilgan, 2022-yilda esa AQSHning yirik DoorDash kompaniyasi sotib olgan.

“Wolt Qozog‘istonda ham faoliyat yuritadi (va aftidan, bozor yetakchilaridan biri). Wolt’dan keyin Glovo ham bizning bozorga kirsa kerak. “Och o‘yinlar: 2-qism” boshlanadi”, deya qo‘shimcha qiladi @fridaymark.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-02-28 13:01 O'zimizda