Barcha xabarlar

Ilon Mask AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Qrim shahrida Starlink ishlamasligini aytdi

Ilon Mask AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Qrim shahrida Starlink ishlamasligini aytdi

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Qrimda Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasini yo‘lga qo‘yish uchun Amerika hukumatidan ruxsat olish kerak.

“Starlinkning ishlamay qolishi sababi aslida AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgani edi. Sanksiyalar Qrimni ham o‘z ichiga oladi va bizda aloqani ishga tushirishga cheklov qo’yilgan”, - dedi Mask “All-In Summit” texnologik anjumanida.
“Agar menda tizimni yoqish boʻyicha AQSh prezidentining toʻgʻridan-toʻgʻri buyrugʻi boʻlganida, men buni qilgan boʻlardim, lekin bunday buyruq berilmagan”, — deya qoʻshimcha qiladi Mask.

Shu yilning 7-sentabr kuni CNN telekanali, Ilon Mask 2022-yilda Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya flotiga hujumini oldini olish uchun Qrim yaqinidagi Starlink’ni yopishga buyruq bergani haqida xabar bergan edi.

Bunga javoban, Ilon Mask Starlink baribir Qrimda ishlamasligini aytdi. Tadbirkor Ukraina harbiylarining Rossiya flotiga hujum qilish uchun Sevastopolga uchuvchisiz samolyotlarning parvozini ta'minlash maqsadida Starlinkni yoqish haqidagi iltimosini chindan ham rad etganini tan olgan.

"Agar men ularning iltimosiga rozi bo'lganimda, SpaceX katta urush va mojaroning avj olishida aniq ishtirok etgan bo'lardi", dedi Mask.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda