OpenAI’ning 770 nafar xodimidan 730 nafari direktorlar kengashi iste’foga chiqmasa, Microsoft’ga o‘tishi bilan tahdid qilgan.
So‘nggi kengash kompaniya ishini nazorat qilish uchun "Yetarlicha vakolatli emas", demoqda kompaniya xodimlari.
Bloomberg jurnalisti va muallifi Eshli Vensning so‘zlariga ko‘ra, OpenAIning 770 nafar xodimidan 730 nafari norozilik aksiyasiga qo‘shilgan.
“Sizning Sem Altmanni ishdan bo‘shatish va Greg Brokmanni boshqaruv kengashi raisi lavozimidan chetlashtirishga bo‘lgan yondashuvingiz bizning barcha ishimizni xavf ostiga qo‘ydi va kompaniyaning missiyasiga putur yetkazdi. Sizning bu masalaga bo‘lgan munosabatingiz, OpenAI’ni boshqarish uchun zarur bo‘lgan vakolatlarga ega emasligingizni ko‘rsatdi”, deyiladi OpenAI’ning 700 nafar xodimidan 505 nafari imzolagan xatda.
Shuningdek, kengash xodimlarning ayblovlarni faktlar va yozma dalillar bilan tasdiqlash to‘g‘risidagi iltimoslarini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidlaydi. Ular OpenAI missiyasi va uning xodimlari haqida “kam qayg‘uradigan” “yetarli darajada malakaga ega bo‘lmagan” odamlar bilan ishlay olmasliklarini aytishdi.
Salesforce kompaniyasining sobiq bosh direktori Bret Teylor va OpenAI boshqaruv kengashining sobiq a'zosi Uill Xerd imzolovchilar direktorlar kengashini iste’foga chiqarishga chaqirdi; “OpenAIni barqarorlikni buzmasdan boshqaradigan” “yuqori malakali” kengashni tashkil qilish va Altman va Brokmanni qaytarish, mustaqil direktorlarni yollashni talab qildi.
Kengash bu talabga rioya qilmasa, xodimlar iste’foga chiqib, Microsoft’ga, Altman va Brokman boshchiligidagi jamoaga borishlari mumkin. Microsoft barcha OpenAI xodimlari uchun yetarli joy bo'lishiga “ularni ishontirgani”ni ham ta’kidlab o'tish joiz.
Bundan so‘ng, hammuassis va kompaniya direktorlar kengashi a’zosi Ilya Sutskever “kompaniyani qayta birlashtirishga” yordam berishini e’lon qildi. “Men direktorlar kengashining harakatlariga aralashganimdan chuqur afsusdaman. Hech qachon OpenAIga zarar yetkazishni niyat qilmaganman. Birgalikda qurgan narsalarimizni qadrlayman va shuning uchun kompaniyani qayta birlashtirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deb yozgan Sutskever.
OAV manbalariga ko‘ra esa, hozirgi sobiq bosh direktor Altmanni ishdan bo‘shatishda asosiy rollardan birini aynan Ilya o‘ynagan. The Verge kompaniyada ikki tomon: mahsulot va ilmiylik o‘rtasida to‘qnashuv borligiga ishonadi.
Xodimlar X’da flesh-mob uyushtirishdi va “OpenAI uning jamoasisiz hech narsa emas” deb takrorladi.
Natijada esa kompaniya Sem Altmanni qaytardi.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi