Barcha xabarlar

Humans Group 2023-yilda salkam 42 million dollar daromad oldi

Bu haqda kompaniyaning o‘zi xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich barcha asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, aylanma va faol foydalanuvchilar soni bo‘yicha izchil o‘sish tendensiyasining bir qismi bo‘lib, so‘nggi ikki yil ichida o‘rtacha yillik o‘sish surati qariyb 30 foizni tashkil etdi.

Birgina 2023-yilning o‘zida kompaniyaning aylanmasi 984,2 million dollarga o‘sgan, dekabr oyida esa rekord darajadagi 124,5 million dollarni tashkil etgan.

Telekommunikatsiya xizmatlarining faol mijozlari soni taxminan 1,4 millionni tashkil etadi, ulardan 1 millioni mobil operator paketi xizmatlaridan foydalanadi. C2C o‘tkazmalari va to‘lovlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar soni 2023-yil oxiriga kelib 801 ming nafarga yetdi.

O‘zbekiston fintech sektoridagi mijozlarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati ikki yil davomida 37,4 foizni tashkil etdi. Faollashtirilgan Human VISA bank kartalari sonining o‘sisi 2021-yildan 2023-yilgacha har yili o‘rtacha 35,6 foizni tashkil etadi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
O'zimizda