Barcha xabarlar

Mohirdev 250 000 AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qildi

Mohirdev - IT yo’nalishida onlayn kurslar taqdim etuvchi platforma. Kompaniya 1,5 yil avval tashkil etilganiga qaramay, jadal tarzda o’sib, ketma-ket investitsiyalar jalb qilmoqda.

Galdagi investor AloqaVentures fondi bo’ldi. Fond Mohirdevga $250 000 sarmoya kiritdi. Kompaniyaning qiymati esa 5 million AQSH dollariga baholandi. Solishtiruv uchun, bu baho Payme birinchi marta baholanganining yarmiga teng.
Foto: Mohirdev
Kiritilgan mablag’ni Mohirdev qayerga sarflaydi? Kompaniya xabar berishicha, pullar kurslarni yaxshilash, yangi kurslar tashkil etish, foydalanuvchilar bazasini ko’paytirish va boshqa imkoniyatlar ustida ishlshga sarflanadi.

“Bundan tashqari, yana bir venchur fondi bilan muzokaralar davom etmoqda.” - deyiladi Mohirdev xabarida. Qiziq. Kuzatamiz.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
O'zimizda