Milliy banklararo protsessing markazi (“Humo”) 2023-yil davomida amalga oshirilgan onlayn amaliyotlar soni bo‘yicha statistika bilan bo‘lishdi. Unda karta foydalanuvchilari eng ko‘p qaysi bank va nobank mobil ilovalardan foydalangani ko‘rsatilgan.
Infografikaga ko‘ra, Humo kartalari orqali amalga oshirilgan onlayn operatsiyalar soni bo‘yicha bank ilovalari ichida “Uzum Bank” yetakchilik qilmoqda — 29,4 foiz operatsiyalar aynan ushbu ilova orqali amalga oshirilgan. Ikkinchi o‘rinni 11 foizlik natija bilan Aloqabankning “Zoomrad” ilovasi band etgan. Kuchli uchlikka Agrobank Mobile kirgan — 9,9 foiz.
Shuningdek, amaliyotlar quyidagi bank ilovalari orqali amalga oshirilgan:
— Anorbank — 5,6%;
— Xazna (Xalq banki) — 5,4%;
— TBC uz — 4,9%;
— Boshqalar — 33,8%.
Bundan tashqari, nobank mobil ilovalar ro‘yxatida Click yaqqol yetakchilik qiladi. U amalga oshirilgan operatsiyalarning 41,6 foizlik ulushiga ega. Payme’ning amaliyotlardagi ulushi Click’nikiga qaraganda 2 baravarga kam, ya’ni mobil ilovada operatsiyalarning 20,5 foizi amalga oshiriladi. Paynet esa 16,9 foizli natija bilan kuchli uchlikka kirgan.
Boshqa nobank ilovalar:
— PSP — 4,9%;
— UPay — 4,8%;
— Oson — 3,3%;
— Boshqalar — 8 foiz.
Batafsil quyidagi infografikada.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi