Barcha xabarlar

Tramp Baydenni troll qildi

Donald Tramp amaldagi preizdent Jo Baydenni Oq uyni “aholisi oʻzini prezidentdek his qiladigan” “qariyalar uyi” sifatida koʻrsatuvchi video bilan troll qildi, deb yozadi The Independent (https://www.independent.co.uk/news/world/americas/us-politics/trump-senior-living-spoof-biden-b2477631.html) nashri.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o'zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida prezident Jo Baydenning yoshini masxara qiluvchi video joylashtirdi. 30 soniyalik videoda Oq uy qariyalar uyiga o‘xshatilgan bo'lsa, 81 yoshli prezident Bayden esa uning asosiy rezidenti sifatida tasvirlangan. “Keksalar yashaydigan Oq uyda, hamma o‘zini prezidentdek his qiladi. Muassasa yoqimli tadbirlar va sayohatlar, 24 soatlik professional parvarish va uyda pishirilgan mazali taomlarni taklif etadi”, deyiladi videoda.

Baydenning yoshi 2024-yilgi saylovlar oldidan saylovchilar orasida keng munozara mavzusiga aylandi. U allaqachon saylangan eng keksa prezident hisoblansada, Trampdan 3 yarim yoshga katta xolos.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-01-22 09:07 Chet elda