Barcha xabarlar

Shaxsiy brend kuchi Ronaldo misolida

Ronaldo 21-avgustdan boshlab YouTube kanalida 37 milliondan ziyod obunachini to‘plab, mutlaq rekord o‘rnatdi.

Futbolchining Youtube kanali va axborot shovqini haqidagi eng muhim ma’lumotlarni sizlarga yetkazmoqchimiz.

1. 21-avgust kuni goleador YouTube kanalni ochganini e'lon qildi va u yerga kontent joylay boshladi.

2. Asosiy mavzu — uning hayoti. Futbolchi vlogida oilasi bilan olingan videolar ulashmoqda, rafiqasi Jorjina Rodriges esa shaxsiy hayotlari haqida turli qiziqarli ma’lumotlarni aytib bermoqda.

3. Uning kanaliga atigi 12 soat ichida 10 million kishi obuna bo‘ldi. Taqqoslash uchun, MrBeast bunga 132 kun sarflagan. Yana 12 soatdan so‘ng obunachilarning umumiy soni 20 millionga yetdi.

4. 22-avgust kuni YouTube zudlik bilan Krishtianuga oltin tugmachani yetkazib berdi.

5. 24-avgust. Hozirgi paytda Ronaldoning kanaliga 37.6 million kishi obuna bo‘lgan va obunachilar oqimi o‘sib bormoqda.

Bu ajiotaj, aslida, kontent marketologlar va sohaga aloqador kishilar uchun juda ibratli. Ronaldoning YouTube kanalini yaratishda professional media mutaxassislar va butun bir jamoa jalb qilingani aniq. Kontentda futbolga emas, balki kengroq auditoriyani jalb qiladigan qiziqarliroq mavzu — shaxsiy hayotga e’tibor qaratilmoqda.

Shubhasiz, bu bu yilgi yulduzlar bilan bog‘liq eng kuchli SMM keyslardan biri bo‘ldi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Marketing Digital Chet elda