Qiziq kuzatuv. Puli to'lanmagan. Reklama emas.
Kecha bir narsani sezib qoldim. Shahardagi savdo markazlaridan birining fud kortidamiz. Ko'pchilik. Jamoamizning bir qismi pitsa yegisi keldi. Hayolimga birinchi o'rinda (fudkortda bor brendlardan) Bellissimo keldi. Uning buyurtma berish qismida ham odam ko'p.
Lekin atrofda boshqa pitsaxona ham bor edi. O'z vaqtida mashxur, gavjum joy. Balki joylashuvi, balki boshqa sababdan u brendning oldida odam juda kam edi.
Shundan so'ng ozgina o'yladim, nega kecha yangi paydo bo'lgan brend bugun menda Top Of Mind. Kecha Top Of Mind bo'lganlarni esa, shunchaki, to'satdan ko'rib qoldim?
Siz reklama ishlamaydi deysiz. Lekin gap aynan reklama, kommunikatsiya, umuman - gap MARKETINGda. Umumiy qoida bor:
"Odamlar siz nima desangiz shuni eshitishadi"
Belissimo bugunga qadar DAVOMIY, TIZIMLI, BIR XIL marketing qilib kelmoqda. Bu nima degani?
Hammasi oddiy. 4-5-6-7(million)ta P:
Product - doimiy ravishda mahsulot ustida ishlaydi. Mavjud mahsulotlarining ta'mi, narxi, xususiyatlari. Yangi mahsulotlarni sinovdan o'tkazish va qo'shish. Mijozlarning tajribasi haqida qa'yg'urish - ya'ni yetkazib berish, sayt, ilova, bot, aloqa-markazi va hokazolar ustida ishlashi sezilib turadi.
Price - raqobatchilarni, bozorni, iqtisodiy holatni o'rganib, narxi qimmatlab ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Place - uning auditoriyasi jamlanadigan joylarni izlab, u yerda o'z shahobchalarini ochadi. Joylarda turli tadbirlar, ko'rgazmali pitsa tayyorlash kabi jalb qiluvchi narsalar amalga oshiradi.
Promo - o'z auditoriyasi yaxshi ko'rgan uslubda, ularning e'tibori tushadigan joylarda reklama qiladi. Aksiyalar ham shu jumladan. Davomiy. Bir xil uslubda. Atributlar va ovoz tonini buzmagan holda. Xatolar bo'lsa tan oladi va tuzatadi. Demak, xatolardan qo'rqmaydi. Demak rivojlanadi.
Shunchalik darajadaki. Unga raqobatchi bo'lmagan, lekin ayni kategoriyadagi boshqa brendlar ham endi asta-sekin ushbu brendning qadamlarini takrorlayotgani (ko'chirish emas), yoki o'xshash harakatlar qilayotganini ko'rishingiz mumkin.
Xulosa. Uslubiyat va pozitsiyani saqlagan holda, davomiy va tizimli marketing qiling. Bu kompleks ish. Faqatgina rolik yoki SMM, influence marketing emas. Keng miqyosli. Kamida 4ta (yuqorida sanadik) yo'nalishda.
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi