Do’stlar, bizga jurnalist, muharrir, muallif va kopirayterlar kerak.
Remarka - kopirayter deganda shunchaki matnni bexato yozishni biladigan odam emas. SMM postlar yozib turgan odam emas. Balki, biznesni, strategiyani, kreativni, reklamani, storitellingni, g’oyalar generatsiyasini tushunadigan odam izlayapmiz (bu qiyin ish bo’lsada).
Nima qilish kerak? Umumiy aytganda quyidagilar:
- Maxsus rubrikalar bilan ishlash, material yig’ish, intervyu, research, bulardan maqola tayyorlash - Tarjimalar qilish - Kontent strategiyasini tuzish - Post, shior, neyming, sarlavha, xabarlar, ssenariylar, g’oyalar o’ylab topish - Bozorni, biznesni, odamlarni, trendlarni o’rganish
Bizdan nima olasiz? - Istalgan joyingizda trening o’tish imkoni - Rivojlanish - Zerikarli vazifalardan qiziqarli loyihalar chiqarish imkoni - Oylik kam - Ofis tor - Obed yo’q - Internet bor
Lekin shu yerda o’sasiz. Kelib bollar bilan gaplashib ko’rsangiz, aytishadi. Aytmasa oyligidan minus.
Hazil hazil bilan. Eslatib o’taman - jurnalist, muharrir, muallif kopirayterlar kerak. O’zbek, RUS va ingliz tili bilan.
Rezyume va CV uchun: @osharapov
Shunchaki “assalomu alaykum” deb yozmoqchi bo’lmagnlarga hozirdan alik qaytarib qo’yyapman - va alaykum assalom 🙌