Restoran va kafelar atrofidagi ayvonlar bo'yicha aniq reglament belgilash taklif qilindi
Prezident va tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqot oldidan tashkil etilgan davra suhbatida “ChayKof” qahvaxonalar tarmog‘i boshqaruvchi hamkori Alina Simerman restoran va kafelar atrofidagi yozgi ayvonlar bo‘yicha aniq reglamentni belgilashni taklif qildi
Hozirgi paytda kafe va restoranlar atrofida yilning maʼlum vaqtlarida o‘rnatiladigan qo‘shimcha joylar uchun qonunchilikda aniq tartib mavjud emas. Bu masalaga avvalroq “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov ham to‘xtalgan
Eslatib o'tamiz, 2024-yil boshida "Giotto" umumiy ovqatlanish tarmog'ining Shevchenko ko'chasidagi filialida shunday muammo kuzatilgani haqida yozgandik . O'shanda MIB "Giotto"ning yozgi terassasi noqonuniy ekanini aytib, buzmoqchi bo'lgandi.