So'nggi yillarda marketing faoliyatida pop-up do'konlarning qo'llanilishi keng tarqalmoqda va bu tendentsiya kichikdan katta brendlargacha ko'pchilik tomonidan qo'llanilmoqda. Ushbu yo'nalishda yetakchi brendlardan biri – Gucci. Yil boshida Gucci Nyu-York Moda Haftasida e’tibor markazida bo‘lib, o‘zining mashhur Ancora qizil rangi bilan bezatilgan pop-up do‘konini ochib, mehmonlarga bepul ichimliklar, qizil lola guldastalari va kartpostal sovg‘a qildi.

Guccining Ancora kolleksiyasi

Yaqinda esa Gucci yana yangilik kiritib, yangi kolleksiyasi Lido’ni taqdim etish uchun dengiz moviy rangidagi pop-up do‘konini ochdi va yana katta e'tiborni jalb qildi.
Guccining Lido kolleksiyasi
Nega brendlar pop-up do'konlarini avzal ko'rmoqda?
1. O‘ziga xos tajriba yaratish: Pop-up do'konlar odatiy savdo tajribalaridan farqli ravishda, kutilmagan joylarda ochilib, xaridorlarning diqqatini o'ziga tortadi. Bu brendlar uchun iste'molchilarning e'tiborini jalb qilishning samarali usulidir.
2. Bozorni tezkor sinovdan o‘tkazish: Pop-up do'konlar brendlarga yangi mahsulot yoki kontseptsiyalarini qisqa vaqt ichida sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Bu orqali mijozlarning fikr-mulohazalarini tezda o‘rganib, strategiyalarini moslashtiradilar.
3. Shaxsiylashtirilgan mijoz tajribasi: Brendlar pop-up do‘konlarida mavsumga yoki ma’lum bir tematikaga mos dizayn va tadbirlar tashkil etib, xaridorlarga esda qolarli daqiqalar taqdim eta oladi.
4. Brendga sadoqatni mustahkamlash: Pop-up do'konlar mijozlarga brend bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi. Ushbu do‘konlarda taklif etiladigan maxsus mahsulotlar yoki tadbirlar mijozlar va brend o‘rtasida kuchli hissiy bog‘lanishni yaratib, sadoqatni oshiradi.
Pop-up do'konlar shu sababli ko'plab brendlar uchun marketingda samarali vosita bo'lib, o'z mijozlariga esda qolarli tajriba taqdim etishda muhim rol o'ynaydi.

Bu yerda boshqa brendlarning pop-up do'konlarini ko'rishingiz mumkin: