"Neurtrend" neyromarketing agentligi tadqiqotlariga ko'ra, haydovchilar raqamli reklamardan ko'ra tashqi reklamalarga kamroq e'tibor berishni boshlagan. Bu haqda "Sostav" xabar bermoqda .
Rossiyaning "Neurtrend" agentligi tadqiqotda qatnashgan haydovchilarda aytreking amalga oshirib, ular safar vaqtida ko'proq qayerga qarayotganini kuzatgan. Natijalarga ko'ra, haydovchilar yo'lda to'xtagan vaqtida (masalan, svetofor yoki tirbandlikda) tashqi reklamalardan ko'ra navigatordagi bannerlarga ko'proq ahamiyat bermoqda.
Deyarli 77 foiz haydovchi o'rtacha 4,7 soniya davomida raqamli banner bilan kontakt qilgan. Tashqi reklamaga esa ularning 32 foizi e'tibor qaratgan.
Safar yakunlangandan keyin har uchta haydovchidan bittasi navigatorlardagi reklamalarda ko'rsatilgan brendlardan hech bo'lmasa bittasini eslab qolgan. Tashqi reklamadagi brendlarni esa 22 foiz haydovchi eslagan.
Tadqiqot natijalari geoservislardagi reklamalar ikki baravar ko'proq va 7 baravar uzoqroq ko'rilishini aniqlagan.