Barcha xabarlar

Tanlov illyuziyasi: besh gigant kompaniya iste’mol tovarlari bozorini nazorat qilishi haqida.

Xuddi qo‘limizdagi besh barmoq singari, bir nechta konglomeratlar iste‘mol mahsulotlari bozorini egallaydi. 2023-yil yakunida e’lon qilingan so‘nggi daromad ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Nestlé, PepsiCo, Procter & Gamble, Unilever va The Coca-Cola Company yetakchi o‘rinlarda turadi. Masalan, Nestléning o‘zi bir yil davomida 111 milliard dollar ishlab topgan.

Bu konsolidatsiya bozor dinamikasi, raqobat va kichik biznes uchun uzoq muddatli ta’sirlar haqida ba’zi savollarni keltirib chiqaradi.

Bunga nima sabab bo'lgan?

1. 111 milliard dollar daromad qilgan holda Nestlé oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarining keng assortimenti, jumladan Nespresso, Nescafé va Purina brendlari bilan eng ko‘p foyda qilgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqarib turibdi. Ichimlik suvi sohasida ham Nestlé Waters'ning barqarorlik bo‘yicha rahbari Kedric Eggersning aytgan gaplari alohida e’tiborga molik: "Haqiqat shuki, odamlar allaqachon tabiatning qayta tiklash qobiliyatidan ko‘ra ko‘proq suv iste'mol qilmoqda".

2. 2023-yilda PepsiCo 91 milliard dollar pul ishlab topdi. U asosan Lay's, Gatorade va Quaker kabi snek va ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

3. 84 milliard dollar savdo qilgan "Procter & Gamble Tide" esa asosan Pampers va Gillette kabi maishiy-shaxsiy parvarish mahsulotlari sotuviga e'tibor qaratadi.

4. 66 milliard dollar foyda bilan yilni yakunlagan "Unilever"ni ham shaxsiy parvarish, uy parvarishi, oziq-ovqat va ichimliklar sohasidagi yana bir yirik o'yinchi deyish mumkin. U Dove, Lipton va Hellmann's kabi yirik brendlarni o‘z ichiga oladi.

5. Coca-Cola kompaniyasi yillik kvartalda 46 milliard dollar ishlab topib, Coca-Cola, Sprite va Fanta kabi mahsulotlar bilan ichimliklar sanoatini boshqarib turdi.

6. 47 milliard dollar daromad bilan Mars o'zining shirinliklari, uy hayvonlarini parvarishlash va oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan M&M's, Pedigree va Uncle Ben's bilan mashhur.

7. 36 milliard dollar ishlagan Mondelez, Oreo, Cadbury va Toblerone kabi brendlar, to‘g‘ri taxmin qilganingizdek, snek va ichimliklar sotishga ixtisoslashgan.

Butun ro'yxatdan ma'lumki, oziq-ovqat va ichimliklar ortidagi o‘yinchilar ozchilikni tashkil etishi aniq.
Tavsiya Marketing