Barcha xabarlar

AQSH O‘zbekiston yo‘lidan bormoqda: Montana shtatida TikTok rasman taqiqlandi

Amerikaning Montana shtati hukumati ushbu hududda TikTok’ni butunlay taqiqladi. Shunday qilib, Montana bu ishni qilgan birinchi shtat bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki, ushbu qonun allaqachon qurilmasiga TikTok o‘rnatilgan foydalanuvchilarga undan foydalanishni taqiqlamaydi. Ammo endilikda Montana hududi uchun ilovalar do‘konlarida TikTok foydalanuvchilarga mavjud bo‘lmaydi. Qonun buzilish holatlarida 10 ming dollar jarima qo‘llanadi.

Shtat gubernatorining aytishicha, bu qaror Montana aholisi ma’lumotlarini Xitoy kommunistik partiyasidan himoyalash uchun qabul qilingan. TikTok esa yagona taqiq bo‘lib qolmaydi, boshqa shunday xavfli ilovalar bilan ham ishlar olib borilmoqda.

AQSH “ilg‘or xorij tajribasi”ni o‘rgangan ko‘rinadi :)

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda