Barcha xabarlar

KitKat'da oʻzgarish

KitKat'da oʻzgarish

KitKat brendi AQSh bozorida o‘zining yangi va minimalist logotipini taqdim etdi. Dizayn jamoasi ushbu o‘zgarishni KitKatning taniqli tiniq va qaymoqli shokoladlaridab ilhomlangan holda amalga oshirgan. Yangi logotip avvalgidan ham ko‘ra sodda, lekin ayni paytda yanada kuchli ta’sirga ega.

Sterling Brands agentligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi ko‘rinishda to‘g‘riroq shriftlar, kuchli soyalar va ingichka oq halqa ishlatilgan. Shuningdek, turli ta’mli mahsulotlarni farqlash uchun o‘ramda rang-barang diagonal chiziqlar qo‘llangan.

Shunisi qiziqki, bu o‘zgarish faqat AQSh bozoriga tegishli bo‘lib, Buyuk Britaniya hali ham Nestlé brendi bilan eski qizil logotipni ishlatadi.

Brendni yangilashni qanday baholaysiz? Sizga yangi ko‘rinish ma’qulmi?
Reklama Chet elda