Payme brendining yangi reklama kampaniyasini ko'chada ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Unda foydalanuvchilarning fikri aks etgan.
Yangi reklama kampaniyasida Payme o'zining "Hayotiy yechimlar" nomli brend pozitsiyasi aks ettirgan. Rolikda turli insonlar kundalik muammolarini payme orqali hal qilishlarini aytib beradilar. Digital va tashqi reklamada esa internetdan olingan haqiqiy izohlar aks ettirilgan.
Kampaniya Lokals Central Asia agentligi tomonidan ishlab chiqilib, Abstract prodakshn agentligi uni suratga olgan.
"Bu video hayot hikoyalaringiz asosida yaratilgan" - deyiladi Payme xabarida.