Barcha xabarlar

MyTaxi’dan katta Update

Yangi haftani MyTaxi ikkita katta yangilik bilan boshladi.

Birinchi yangilik: MyTaxi ilovasida Eko va Komfort Pro tariflari qo‘shildi. Endilikda, atrof-muhitga e’tiborli mijozlar Eko tarifi yordamida faqat elektromobillar bilan sayohat qilishlari mumkin.

Ikkinchi yangilik: Endi MyTaxi ilovasida korporativ kartalar qo‘shib, biznes hisobini ochish mumkin. Shuningdek, biznes hisobida xodimlar balansini ham boshqarish mumkin.



2024-05-07 15:12 O'zimizda Marketing