Barcha xabarlar

O'zbekistonda fondlardan mablag' jalb qilgan barcha startaplar ro'yxati

Oxirgi yillarda O'zbekistonda startaplar tezlik bilan ko'paya boshladi. Bu zo'r. Ularga mablag' kirituvchi Venchur Fondlar ham ko'paydi va bu ishlar ochiq amalga oshirilyapti. Bu undan ham zo'r.

Aloqa Ventures fondi O'zbekistonda 2022-2023 yillarda fondlardan mablag' jalb qilgan startaplar ro'yxatini e'lon qildi. Ajoyib infografika bilan. Unda turli fondlardan qaysi startapga qancha proporsiyada pul ajratilganini ko'rsa bo'ladi.

Investitsiya kiritlgan startaplarning barchasi texnologik loyihalar bo'lsa ham, ular turli kategoriyalarda mahsulot yoki xizmat ko'rsatadilar. Biz ularni o'rganib chiqib, e'tiboringizga TOP 10 eng ko'p mablag' jalb etgan startaplarni taqdim etamiz:

Mohirdev - $350,000
Zypl.ai - $250,000
Jett - $250,000
Mohirlar - $240,000
Cerebra - $240,000
Depozit uz - $200,000
KPI - $200,000
Multicard - $200,000
Multibank - $200,000
Didox - $175,000

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
2023-08-21 18:14 O'zimizda Digital