Barcha xabarlar

Rebrending marafoni davom etadi. Estafeta tayoqchasi Oqtepada

Oqtepa Lavash o‘zining “Markaz-5” massivida ochilishi kutilayotgan filialida yangi aydentikadan foydalandi. Yangi ko‘rinishdagi logotipda sharqona naqshlarni eslatuvchi shakldan foydalanilgan. Asosiy, qizil, sariq va oq ranglar esa o‘zgarmasdan qolgan.

Brendning hozirgi aydentikasi 2018-yil ishlab chiqilgan bo‘lib, unga 2021-yilda qisman o‘zgartirishlar kiritgan edi. Shunda umumiy 6 yildan beri, Oqtepa Lavash aydentikasi deyarli o‘zgarmasdan kelayotgan edi.


2024-05-03 15:48 Dizayn Reklama