Apple Samsung’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisiga aylandi
IDC ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Apple smartfon ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Samsung’ni ortda qoldirib, sanoatning yangi global yetakchisiga aylandi, deb yozadi Forbes (https://www.forbes.ru/biznes/504389-apple-obosla-samsung-i-stala-krupnejsim-mirovym-proizvoditelem-smartfonov) nashri.
Ahamiyatlisi shundaki, Samsung 2010-yildan boshlab 12 yil davomida global smartfon bozorida yetakchilikni o‘zida saqlab qolayotgan edi. Jahon yetakchilari orasida uchinchi o‘rinda 145,9 million dona smartfon yetkazib berigan va bozor ulushi 12,5 foizni tashkil etgan Xitoyning Xiaomi kompaniyasi joy oldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, butun jahon smartfon bozori 2023-yilda 3,2% ga qisqargan, bu ushbu bozorga ta’sir qiluvchi turli omillar, masalan, iste’molchilarning xohish-istaklari yoki umumiy bozor dinamikasidagi o‘zgarishlardan dalolat berishi mumkin.
Shuningdek, Apple o‘tgan yili ishlab chiqarilgan qurilmalar sonining yildan-yilga o‘sishini ko‘rsatgan yagona yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. 2023-yilda kompaniya jo‘natmalari 3,7 foizga oshib, 234,6 million donaga yetdi. Apple’ning jahon bozoridagi ulushi o‘tgan yili 20,1 foizni, Samsung’niki esa 19,4 foizni tashkil qilgan. Janubiy Koreya kompaniyasi 2023-yil davomida 226,6 million dona smartfon yetkazib bergan.
Qoʻshimcha maʼlumotlariga koʻra, Xitoyning ikkita kompaniyasi dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni egallagan. Oppo 8,8 foiz yetkazib berish ulushi bilan to‘rtinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Transsion 8,1 foiz bozor ulushi bilan kuchli beshlikni yakunladi.
2023-yilda global smartfon yetkazib berish o‘tgan yilga nisbatan 3,2% ga qisqarib, 1,17 milliard donani tashkil etdi. Bu soʻnggi oʻn yildagi eng past koʻrsatkich boʻlib asosan, makroiqtisodiy qiyinchiliklar va yil boshidagi omborlardagi ortiqcha inventarizatsiya bilan bogʻliq. To‘rtinchi chorakda jo‘natmalar prognoz qilinidek 7,3 foizga emas, 8,5 foizga o‘sgan.
2024-yil yanvarida Microsoft bozor qiymati bo‘yicha Apple’dan o‘zib ketdi va 2,9 trillion dollar kapitali bilan dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylangandi. (https://www.forbes.ru/investicii/504109-microsoft-obosla-apple-i-stala-samoj-dorogoj-kompaniej-v-mire) Bunga Microsoft aksiyalarining 2 foizga oshgani, Apple aksiyalari esa 0,9 foizga tushib ketgani sabab bo‘lgan. OpenAI texnologiyasini Microsoft dasturiy ta’minotiga integratsiyalashgani kompaniya samaradorligini oshirishning asosiy omili bo‘ldi.