Barcha xabarlar

Rocket — kreativ agentligi rebrending o'tkazdi

Rocket digital agentlik edi, endi u o'zgardi. Yaqindan Rocket SMM xizmatlari ko'rsatishni to'xtatib, to'liq kreativ agentlikka aylandi. Ushbu o'zgarishlar ortidan kompaniya rebrending o'tkazdi.

SMM xizmatlari uchun esa alohida agentlik - "Kontent"ni ochganini ta'kidladi, Rustam Maxamadjanov. "Rocket butunlay SMMdan voz kechdi" - deydi, Rustam.

Yangi aydentika ustida ishlagan studiya Taboo Branding yozishicha, mijoz yangi brend tushunarli va salobatliroq bo'lishini xohlagan.

Shuningdek. Rocket so'zidagi "et" qismini fe'l sifatida ishlatib so'z o'yinlari bilan agentlikning yangilangan "ruhi"ni ko'rsatishgan: Kashf et, Idrok et, Davom et, Barpo et va nihoyat, Rock et!

Rebrendningning vizual qismi bilan rasmlarda tanishing, fikrlarningizni izohlarda qoldiring👇

Mijoz: Rocket agency
Studiya: Taboo Brandning

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
Digital