Barcha xabarlar

O‘zbekistondagi banklar o‘zbek tilida

Shu kungacha O‘zbekistondagi qator yirik banklarning Instagram’dagi sahifalari rus va ingliz tilida olib borilardi, bosh sahifaga ular faqatgina shu tillarda ma’lumotlar yozishgan.

Bloger Mirzo Zominiy o‘zining Telegram kanalida Facebook foydalanuvchisi e’tibor qaratgan ushbu muammoni e’lon qildi.

Ushbu muammoga birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan Dilnoza To‘rayeva shunday deb yozadi:

Kecha banklarimizni koʻrib chiqib, bular faqat ruslarga xizmat koʻrsatsa kerak deb qoldim))

Balki aholining 80% dan koʻpi oʻzbeklar, ular juda katta “e’tibor” koʻrsatadigan aholi 10% ga bormasligini bilishmas degan yaxshi gumonda boʻldim.

Mirzo Zominiy esa uni ulashib qo‘shimcha qiladi:

Ishonaman, ularning har birida o‘zbek tilida yoza oladigan mutaxassis bor, lekin baribir bosh urg‘u va e'tibor rus tiliga beriladi.

O‘zi o‘zbek brendi, lekin rus tilini ustunroq biladi. O‘zbekistondagi marketingning paradoksal xususiyatlari shunday.

Shundan so‘ng skrinshotlari e’lon qilingan Milliy bank, Turon bank va Hamkorbank xodimlari tavsifni o‘zbekchaga o‘zgartirib qo‘yishdi. Tez reaksiya bildirildi. Ammo Ipak yo‘li bank esa e‘tibor qaratgani yo‘q.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-03-06 15:07 O'zimizda