Eric Yuan, Zoom Video Communications asoschisi, 1970-yilda Xitoyning Shandun viloyatida tug‘ilgan. Uning tadbirkorlik ruhiyati yoshligidan sezilib turardi. Bola paytida ota-onasiga yordam berish uchun metall yig‘ib, sotar edi.
Yuan dastlab Xitoydagi Fan va texnologiyalar universitetida tahsil oldi. Uning oilaviy munosabatlari video aloqa vositasini yaratish g‘oyasi tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi.
Bo‘lajak rafiqasi Sherrini ko‘rish uchun u poyezdda 10 soatlab yurar edi, bu esa uni odamlar bilan uzoqdan yanada samaraliroq bog‘lanish yo‘lini o‘ylab topishga undadi.
1997-yilda Yuan AQShga ko‘chib o‘tib, Webex (videokonferensaloqa va aloqa xizmatlarini sotuvchi Amerika kompaniyasi)ga ishga kirdi. Cisco (ko‘p tarmoqli texnologiya va telekommunikatsiya) kompaniyasi Webexni sotib olganidan keyin, Yuan muhandislik bo‘yicha vitse-prezident bo‘ldi. Lekin, u Webex xizmatining eskirib borayotganini payqab, yaxshilanish kerakligini tushundi. Afsuski, uning g‘oyalari kompaniya rahbariyati tomonidan qabul qilinmadi.
Taslim bo‘lmagan Yuan 2011-yilda Cisco’ni tark etib, o‘z startapini yaratdi, uni dastlab Saasbee deb atadi, keyinchalik esa Zoom Video Communications deb qayta nomlandi. Dastlabki qiyinchiliklarga qaramay, Yuan yuqori sifatli mahsulot yaratishga qat'iy qaror qildi. Uning maqsadi video konferensiyalar, hamkorlik, onlayn uchrashuvlar va xabar almashish xizmatlarini birlashtirgan platforma yaratish edi.
Yuanning qat'iyatliligi o‘z samarasini berdi. 2011-yil iyun oyida u Zoom’ni ishlab chiqish uchun $3 million mablag‘ yig‘di. Dastur tezkor ulanish va operatsion tizimni avtomatik aniqlash qobiliyati bilan raqobatchilaridan ajralib turardi. Zoom 2013-yilda rasmiy ravishda ishga tushirildi va tez orada foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘ldi.
COVID-19 pandemiyasi davrida Zoom butun dunyo bo‘ylab ishlash, ta'lim olish va muloqot qilish uchun asosiy vositaga aylandi. Yuan ushbu davrda premium xususiyatlarni bepul qildi, bu esa foydalanuvchilar sonini oshirdi. Biroq, ayni vaqtda tez o‘sish xavfsizlik muammolarini ham keltirib chiqardi.
Bugungi kunda Eric Yuanning hikoyasi bizga sabr-toqatning kuchini namoyish etadi. U kichik shahar bolasi bo‘lib turib, global texnologiya kompaniyasiga asos solgani shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik ruhi va qat’iyatlilik har bir inson uchun katta muvaffaqiyat olib kelishi mumkin.