Microsoft G'azodagi yaqinlari bilan bog'lanishga harakat qilayotgan foydalanuvchilarni bloklamoqda – OAV
Boshqa davlatga ko'chgan ba'zi falastinliklar "Microsoft" ularning elektron pochta akkauntlari bloklab, ba'zi onlayn servislarga kirishini cheklab qo'ygani haqida shikoyat qilgan. Bu haqda BBC xabar bergan .
Ta'kidlanishicha, hozirda boshqa davlatlarda bo'lib turgan falastinliklar "Microsoft" egalik qiladigan "Skype" videoplatformasi orqali G'azodagi yaqinlari bilan bog'lana olmayapti.
Kompaniya bunga javoban, ushbu muammoga uchragan foydalanuvchilar xizmat ko'rsatish shartlarini buzgani va ularning joylashuvi asosida foydalanuvchilarni yoki qo'ng'iroqlarni bloklashini rad etgan.
"Skype" xalqaro qo'ng'iroq xizmatlari ko'pincha ishonchsiz va qimmat bo'lgan G'azodagilar bilan bog'lanishning eng arzon va oson yo'li bo'lib qolmoqda.
AQShda yashovchi Saloh Elsadi ham BBC'ga aprel oyida u o‘z akkauntidan va Microsoft Hotmail akkaunti bilan bog‘langan barcha xizmatlardan chiqarib yuborilganini aytgan.
"Menda 15 yildan beri Hotmail bor. Ular meni hech qanday sababsiz bloklab qo‘yishdi, men ularning shartlarini buzdim? Qanday shartlar?!", deydi foydalanuvchi.
Yana bir falastinlik Xolid Obaid endi "Microsoft"ga ishonmasligini aytgan.
"Men qo'ng'iroq qilish uchun paket sotib olganman - keyin 10 kundan keyin meni hech qanday sababsiz bloklashdi. Men G'azoga telefon qilayotgan falastinlik bo'lganim uchun shunday bo'lmoqda", deydi u.