Barcha xabarlar

Yandex N.V kompaniyasi Yandex’ning rus segmentini sotdi

Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi rus Yandex’ini 475 milliard rublga sotganini e’lon qildi. Ulush xususiy investor va kompaniya menejerlariga sotilgan.

Endi Yandex N.V. bosh kompaniya bo‘lmaydi. U Rossiyaning Kaliningrad oblastida ro‘yxatdan o‘tgan “Яндекс” xalqaro aksiyanerlik jamiyatiga o‘tadi. Uning egasi 50 kishidan iborat “Консорциум.Первый” kompaniyasi sanaladi.

Meduza’ning xabar berishicha, yangi kompaniya rahbarlari orasida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shveysariya sanksiyalariga tushgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kompaniyaning bir qismi “Lukoyl” bilan bog‘liq shaxslarga beriladi.

Press relizda ta’kidlanishicha, niderland kompaniyasi Rossiyadan tashqarida bo‘lgan kompaniyalar portfelini saqlab qoladi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-02-05 11:48 Chet elda